Jinoyat bitta bo‘lsa ham, ko‘p. Ushbu illatga to‘la barham berish jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirishga, jinoyatchilikka qarshi kurashish immunitetini shakllantirishga bog‘liq.
IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh ayni kunlarda Yangiyo‘l shahrining “Ramadon” mahallasida faoliyat olib bormoqda. Mahallaning kriminogen vaziyatini o‘rganish davomida jinoyatchilikka ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joylarda o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlarda mavjud ahvol sektorlar vakillari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorlari hamda faollar bilan birgalikda muhokama qilindi. Aholini qiynayotgan muommolar atroflicha o‘rganilib, jinoyatchilikni jilovlash ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bundan tashqari, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda “fuqarobay” ishlash bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati