Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Malika Jahon kubogiga yo‘llanma oldi, yana bir vakilimizda bronza

29 Noyabr 2022, 08:11

931

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida taekvondo ITF bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar ishtirokida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.

Uch mingdan ortiq sportchi ishtirok etgan musobaqada taekvondo ITFning shaxsiy va jamoaviy massogi, shaxsiy va jamoaviy tul hamda seldefens yo‘nalishlari bo‘yicha qizg‘in kurash kechdi. 

O‘zbekiston kubogi bahslari IIV Akademiyasi kursantlari uchun omadli kelganini alohida e’tirof etish joiz. Xususan, 57 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Guljon Maratova yarim finalga qadar yetib borib, yakunda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Yana bir kursantimiz Malika O‘rmonova (47 kg vazn) esa barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda musoqabaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu natija mahoratli sportchimizga joriy yilning 8-12 dekabr kunlari Belarus poytaxti Minskda bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogi yo‘llanmasini taqdim etdi.

Umuman olganda, uch kun davom etgan murosasiz bahslar turli vazn toifalari bo‘yicha kuchli taekvondochilarni saralab olish imkonini berdi.  

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech