Aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Shundan kelib chiqib, Respublika ishchi guruhi tomonidan Qo‘qon shahrida mahallalardagi muammolar o‘rganilmoqda.
Ishchi guruh tarkibida faoliyat olib borayotgan IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari Qo‘qon shaharning “Yangi Chorsu” va “To‘g‘onboshi” mahallarida aholining ijtimoiy muammolari xonadonbay o‘rganish orqali bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, mahallalar obodonlashtirildi va bo‘sh turgan binolardan samarali foydalangan holda yangi ish o‘rinlari yaratilib, kommunal xizmatlarda mavjud muammolar bartaraf etildi. Bundan tashqari bolalar maydonchalarini ko‘paytirish va ko‘chalarni ta’mirlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar aholi turmush tarzini yaxshilash va farovonligini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Mahallalardagi o‘rganishlar davom etmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati