Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Magistratura tinglovchilarining zamonaviy rahbarlik ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘lida

01 Iyun 2022, 07:06

1925

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qarori bilan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida tashkil etilgan magistraturada zamon talablariga javob beradigan yuqori salohiyatga ega, faoliyatni tashkiliy-taktik va strategik jihatdan boshqarishga qodir rahbar kadrlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Akademiya rahbariyatining tashabbusi bilan magistratura tinglovchilarida ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv va axborot-tahlil ishlarini tashkil etish qobiliyatini rivojlantirish, ularning boshqaruvga doir yuksak kasbiy mahorati hamda intellektual salohiyatini yana-da oshirish maqsadida, joriy yilning 30-may kunidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Zamonaviy rahbarlik va boshqaruv mahorati” nomli qisqa muddatli o‘quv kursi dasturi bo‘yicha shartnoma asosida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

O‘quv kursi bir haftaga mo‘ljallangan dastur asosida tashkil etilib, unda rahbarning boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, tanqidiy tahlil va qarorlar qabul qilish, ijro samaradorligini oshirish, hududlarning rivojlanishini boshqarish, rahbar axloqi va madaniyati, rahbar va tashkilot imijini shakllantirish, jamoada ishlash samaradorligini oshirish, stressga bardoshlilikni shakllantirish, xodimlarni motivatsiyalash tizimini shakllantirish, mediasavodxonlik (jurnalist va blogerlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari), rahbarning emotsional va sotsial intellekti mavzulari bo‘yicha maʼruza mashg‘ulotlari hamda treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech