IIV Akademiya magistraturasi tinglovchilari bilan Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan onlayn mashg‘ulot o‘tkazildi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan mashg‘ulotda Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv Akademiyasi IIO faoliyatini tashkil etish kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Igor Zaxvatov, ushbu kafedra dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Aleksandr Ulyanov hamda Psixologiya, pedagogika va xodimlarni boshqarish kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi, politsiya polkovnigi Yuliya Koftinalar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Mashg‘ulot davomida rossiyalik mutaxassislar tomonidan “Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, qabul qilish va ijrosini tashkil etish”, “Ichki ishlar organlarida boshqaruv qarorlari, turlari, shakllari, tuzilishi va mazmuni” va “Xodimlarni boshqarishda kadrlar texnologiyalari” mavzulari keng yoritib berildi.
Mazkur mashg‘ulotda tinglovchilar o‘zlarining ichki ishlar organlarida boshqaruv qarorlari turlari, ular ijrosini tashkil etish, nazorat qilish, boshqaruv jarayonlarida kadrlar bilan ishlash texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganib, ushbu mavzulardagi bilimlarini yanada mustahkamladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati