Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Magistratura tinglovchilari xorijda malaka oshirmoqda

21 Aprel 2022, 09:04

2195

So‘nggi yillarda ichki ishlar organlari uchun yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi. Ichki ishlar vazirligi akademiyasida magistraturasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, o‘qitishning ilg‘or yondashuvlari amaliyotga tatbiq etildi.

Magistraturada o‘quv jarayoni modulli tizim asosida amalga oshirilmoqda. Tinglovchilar zamon talablari darajasida bilim olish bilan bir qatorda, hamkor xorijiy davlatlarning huquq-tartibot organlari hamda turdosh oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv malakalarini mustahkamlab kelmoqdalar.

Ayni kunlarda magistraturaning birinchi darajali “tashkiliy-strategik boshqaruv” yo‘nalishida ta’lim olayotgan tinglovchilari Turkiya milliy politsiya akademiyasida malaka oshiryaptilar. Malakali mutaxassislar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etish va boshqarishga doir mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, o‘quv dasturida Turkiya politsiya idoralarining ish tajribasi o‘rganish, zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda o‘zaro tajriba almashish ham rejalashtirilgan.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech