IIV Akademiyasida Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi tomonidan tashkil qilingan davra suhbati ayni mavzuga bag‘ishlandi.
Tadbirga IIV Jamoat xavfsizligi departamenti, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi vakillari, ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari va Akademiya magistraturasi tinglovchilari taklif etildi.
So‘zga chiqqanlar o‘tgan yillar mobaynida ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilgan izchil islohotlar, xususan, soha faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tishdi. Faoliyat samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar tizimni xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Davra suhbati yakunida kafedra qoshidagi “Yosh ma’muriy amaliyotchilar” ilmiy to‘garagi a’zolariga amaliyot xodimlari tomonidan zarur tavsiyalar berildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati