Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jinoyatlarini tergov qilishda sud-tibbiyot ekspertizasining o‘rni

04 Noyabr 2021, 05:11

1034

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari uchun tashkil etilgan galdagi ma’ruzani Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazining oliy toifadagi eksperti A.Pirnazarov olib bordi.

Tajribali mutaxassis “tergov faoliyati” yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlarga qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarini tergov qilish jarayonida sud-tibbiyot ekspertizasining o‘rni, birlamchi, qayta, qo‘shimcha, komissiyaviy va kompleks ekspertizalarning jinoyatlarni ochish hamda tergov qilishdagi ahamiyati, ekspertiza tayinlashga tayyorgarlik ko‘rish e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar, ekspertiza tadqiqoti uchun ob’ektlarni to‘plash, tayyorlash va yuborishning o‘ziga xos xususiyatlari, ekspert hal etishi lozim bo‘lgan savollarning doirasini belgilash, shuningdek sud-tergov amaliyotida mavjud muammolar hamda boshqa masalalar haqida so‘zlab berdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech