Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jinoyat qonunchiligini liberallashtirish – insonparvarlik tamoyilining mezoni

01 Aprel 2023, 08:04

1106

IIV Akademiyasida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida jinoyat qonunchiligining dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Unda soha mutaxassislari, sud-huquq tizimi vakillari, respublikamizning yetakchi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridan olimlar hamda kursant yoshlar ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda qonun ustuvorligini mustahkamlash jinoyat qonunchiligini milliy va xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlari asosida takomillashtirib borishni taqozo etadi. So‘nggi yillarda amaldagi qonunchilikni lebaral huquqiy tizim sifatida shakllantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

Xususan, ilgari milliy qonunchiligimizda mavjud bo‘lmagan ayrim turdagi jinoyatlar hamda majburiy mehnatga qarshi javobgarlikning amaliyotga tatbiq etilgani, o‘ndan ortiq moddalar shaxsni javobgarlikdan ozod qilishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi normalar bilan to‘ldirilgani, jinoiy javobgarlikning minimal 14 yoshdan belgilanib, “qamoq” jazosining bekor qilingani shular jumlasidandir.

Ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev, IIV Akademiyasi boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Ruftullo Nigmatov, Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i Mirzayusuf Rustambayev, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Abrorjon Otajonov, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kafedra boshlig‘i Xurshid Karimov, IIV Akademiyasi professori Rustam Kabulov va boshqalar so‘zga chiqdi. Mamlakatimiz jinoyat qonunchiligining tarixi va rivojlanish bosqichlari, mazkur tizimni takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Huquqshunos olimlarning dolzarb mavzudagi chiqishlari yakunida muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech