Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov IIV Akademiyasining magistratura tinglovchilariga ma’ruza o‘tdi.
Mashg‘ulot “Ichki ishlar organlarining inson huquqlari himoya qilish va ta’minlash faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va amalga oshirish mexanizmi” mavzuiga bag‘ishlandi.
Huquqshunos olim mazkur sohadagi keng ko‘lamli islohotlar, inson huquqlarini himoya qilish sohasida umum e’tirof etilgan norma va standartlarni samarali qo‘llash zarurati, bu borada O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar, shuningdek BMT tomonidan qabul qilingan konvensiyalarning mazmun-mohiyati hamda xalqaro-huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha tushuncha berdi.
Mashg‘ulot davomida Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz faoliyati, mazkur sohadagi monitoring tahlili natijalari va istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi. Tinglovchilar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning samarali mexanizmlari haqida zarur tavsiyalar olishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati