Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan haftalik dolzarb yo‘nalishdagi tadbirlari bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Xabarlarga ko‘ra, tadbir davomida forum va anjumanlar, innovatsion ishlanmalar yarmarkasi hamda boshqa marosimlar o‘tkazildi. “TechnoWays” texnologik taraqqiyot marafonining Respublika bosqichi doirasida eng yaxshi loyihalar taqdirlandi. Ayniqsa O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar vakillari tomonidan taqdim etilgan innovatsion texnologiyalar namoyishi ko‘rgazma ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi.
Ko‘rgazmada IIV Akademiyasining Axborot texnologiyalari kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Kiberxavfsizlikni ta’minlashning apparat-dasturiy vositalari” to‘garagi faollari ham o‘z loyihalari bilan qatnashdi. Ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan ilg‘or yondashuvlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati