Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

ILMIY-AMALIY ANJUMANDA USTUVOR YO‘NALISHLAR BELGILAB OLINDI

15 Oktyabr 2022, 07:10

1242

IIV Akademiyasida “Ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligini ta’minlash: bugungi holati va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Ichki ishlar vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi vakillari, shuningdek turdosh oliy ta’lim maskanlari hamda ilmiy-amaliy tadqiqot muassasalaridan mutaxassislar ishtirok etdi.

Anjuman avvalida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov so‘zga chiqib, tizim xodimlarining kasbiy tayyorgarligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, mazkur faoliyatni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada “Mamlakatimizda professional yosh kadrlarni tayyorlash – kuchli millat va davlatni barpo etish kafolati”, “Harbiy xizmatchilarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish tendensiyalari: muammo va yechimlar”, “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda bo‘linmalarning jangovar va maxsus tayyorgarligini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari”, “IIV Akademiyasi kursantlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligi boʼyicha zamonaviy yondashuvlar”, “Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasidagi islohotlar samaralari”, “Huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida qo‘l jangini yanada takomillashtirish: istiqbol va natijalar” mavzularida ma’ruza tinglandi.

Soha vakillari va mutaxassislar tomonidan ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech