IIV Akademiyasida “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar uchun tashkil qilingan davra suhbati shu mavzuga bag‘ishlandi.
Tadbirda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktikani tashkil etish, “mahallabay” tizim yordamida jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari haqida so‘z bordi.
So‘zga chiqqanlar “ijtimoiy profilaktika”ning asosiy yo‘nalishlari, bu borada “mahalla beshligi” vakillariga yuklatilgan vazifalar, shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amaliyotga joriy qilinayotgan yangi tizimning dolzarb ahamiyati, aholi bilan manzilli ishlashdan kutilayotgan ijobiy natijalar xususida gapirib o‘tdilar.
Davra suhbati davomida kursantlar huquqbuzarliklar sabablari aniqlash, ularga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish, ijtimoiy profilaktikani samarali tashkil etish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati