Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bor mehrimiz sizlarga!

25 Dekabr 2025, 09:12

59

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 105-son imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatida o‘tkazilgan tadbir bolajonlarga cheksiz zavq ulashdi.

IIV akademiyasida ta’lim olayotgan kursant qizlar tashabbusi bilan tashkil etilgan kechada xalqimizga xos bolajonlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik tuyg‘ulari bo‘y ko‘rsatdi.

Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tadbir qiziqarli tomoshalar, jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar va o‘yin-kulguga boy o‘tdi. Ayniqsa Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari ishtirokidagi sarguzashtlar beg‘ubor qalblarga chinakam quvonch bag‘ishladi.

Tadbir so‘nggida maskan tarbiyalanuvchilariga samimiy tilaklar bilan turli-tuman sovg‘alar tarqatildi. Yangi yilning ajib tarovati ko‘ngillarni obod va nurafshon qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech