IIV akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi Jazoni ijro etish federal xizmati Huquq va boshqaruv akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida onlayn mashg‘ulot tashkil etildi.
Unda ixtisoslik kafedralardan professor-o‘qituvchilar, kunduzgi taxlimning “huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya faoliyati” hamda “jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan kursantlar, shuningdek sirqti ta’lim tinglovchilari ishtirok etdi.
Rossiyalik mutaxassis Oleg Ananyev post-penitensiar probatsiya qo‘llaniladigan shaxslar bilan ishlash, ularning ijtimoiy moslashuvi, qayta integratsiyasi va reabilitatsiyasini ta’minlash masalalariga to‘xtalib, sohadagi milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq qilingan tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
Mashg‘ulot yakunida jonli muloqot uyushtirilib, probatsiya faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan firk almashildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati