Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV AKADEMIYASIDA BOJXONA INSTITUTI TALABALARI UCHUN MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETILDI

22 Sentyabr 2022, 09:09

1460

O‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum asosida o‘tkazilgan tadbir ta’lim jarayonida tajriba almashinuvini kengaytirish, ayniqsa talaba yoshlarning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.

 Dastlab institutning yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar “Tergovga qadar tekshiruvning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzuidagi ma’ruza mashg‘ulotida ishtirok etishdi. Kafedra boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Baxtiyorjon Murodov olib borgan mashg‘ulotda tergovga qadar tekshiruv institutining nazariy jihatlari, jinoyat-protsessual qonunchilikni qo‘llashda shaxs huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari, amaliyotdagi yondashuvlar hamda dolzarb masalalarning yechimlari atroflicha tahlil qilindi.

Tergov faoliyati kafedrasi qoshidagi o‘quv-metodik xona bilan tanishuv jarayonida talabalar amaliyotga joriy qilingan zamonaviy tizim va dasturlardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar. Kriminalistik poligonda hodisa joyini ko‘zdan kechirish taktikasi bo‘yicha o‘tkazilgan master-klass mashg‘ulotida esa talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Aytish kerakki, ta’lim jarayonidagi o‘ziga xos yondashuvlar, o‘quv tezkor-tergov guruhlariga biriktirilgan maxsus avtobuslar, kursantlarning kasbiy va jangovar-jismoniy chiniqishi uchun yaratilgan sharoitlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech