IIV Akademiyasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari uchun “O‘zbekiston Respublikasi pasportlari va fuqarolik holatiga oid aktlaridagi himoya elementlari” mavzusida qisqa muddatli seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi hamda Akademiyaning malakali mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda pasport tizimi qoidalari, xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish tartibi yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Seminar-trening yakunida konsul Robert Romanovski elchixona vakillari nomidan minnatdorlik bildirib, kelgusida ham shu kabi seminar-treninglarni o‘tkazish, AQSH va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik asosiga qurilgan munosabatlarni yana-da mustahkamlashga umid bildirdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati