Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV Akademiyasi kursantlari murg‘ak qalblarga quvonch ulashdi

01 Iyun 2022, 07:06

1405

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida mehr-saxovat tadbirlari ham keng quloch yoymoqda.

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasining bir guruh ofitser va kursantlari poytaxtimizdagi Umar Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasida bo‘lishdi.

Ushbu maskan O‘zbekiston Davlati Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi bolalar serebral falaji va asab sistemasi perinatal patologiyasi bilan og‘rigan bemorlarga malakali tashxislovchi-davolovchi, jarrohlik va tiklovchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchi yagona ixtisoslashgan muassasa hisoblanadi.

Erta tongdan shifoxonada respublikamizning turli go‘shalaridan shifo istab kelgan murg‘ak qalblarga katta bayram tadbiri tashkil etildi. Kasalxonada davolanayotgan bolajonlar tomonidan o‘zlaridagi kamchilik va nuqsonlarini sabot bilan yengib, hayotga bo‘lgan qiziqishlari hamda intilishlarini namoyon etgan holda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlari, raqslari tadbirga tashrif buyurgan ota-onalarda quvonch hisini tuydi.

Tadbir yakunida kursantlar tomonidan taqdim etilgan turli-tuman sovg‘alar bolajonlarga bayram quvonchini ulashdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech