Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV Akademiyasi ishchi guruhi “Taraqqiyot” mahallasini o‘rgandi

24 Fevral 2022, 10:02

1405

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha “fuqarobay” ishlash metodikasi Guliston shahrining “Taraqqiyot” mahallasiga keng tatbiq etilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirishdir.

Ana shu maqsadda IIV Akademiyasi ishchi guruhi tomonidan mahallaning kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, xususan, sodir etilgan jinoyatlar joyiga chiqilgan holda o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilda jami jinoyatlarning 65 foizdan ortiqrog‘i mahalladagi savdo majmuasi hududida sodir qilingan. Mazkur holatlarning barvaqt oldini olish maqsadida profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, faollar, mas’ul idoralar va sektorlar rahbarlari ishtirokida sayyor uchrashuvlar o‘tkazilib, vaziyat atroflicha muhokama qilindi. Ishchi guruhi a’zolari tomonidan qayd qilingan jinoyatlarning xususiyatlari, dinamikasi, sabab hamda shart-sharoitlarini ilmiy asosda tahlil qilinib, profilaktika inspektorlari va faollarga zarur tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, viloyat IIBda tegishli sohaviy xizmatlar vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda profilaktika inspektorlari ishtirokida mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi. Unda “Huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning “fuqarobay” ishlash metodikasi”ning mazmun-mohiyati amaliy-metodik jihatdan tushuntirildi. Jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni amaliyotga samarali tatbiq etish orqali kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech