Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi nimalar dedi?

04 Noyabr 2021, 06:11

1051

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan davra suhbati ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi. Ixtisoslashgan kafedralar professor-o‘qituvchilari, kunduzgi ta’lim bakalavriatining 3-bosqich kursantlari ishtirok etgan tadbirda Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi – Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shohrux Giyasov ma’ruza qildi.

Uning ta’kidlashicha, globallashuv davrining muhim talablaridan biri – bu axborot xurujlariga qarshi samarali kurashishdir. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati keng jamoatchilik e’tibor-markazida bo‘ladi. Soha vakillarining xizmatda, hatto xizmatdan tashqari paytdagi xulq-atvori, xatti-harakati ham tizim nufuziga ta’sir ko‘rsatadi.

– So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari orqali ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi ziddiyatli holatlar aks etgan xabar yoxud videolavhalar keng tarqatilmoqda. Afsuski, bu chiqishlarning aksariyati hamkasblarimizning faoliyatiga salbiy baho berish, ichki ishlar organlari vakilining obro‘sini to‘kish va unga nisbatan jamiyatda ishonchsizlik muhitini shakllantirishga qaratilgan. Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun xodimlarda, eng avvalo, muloqot madaniyatini yuksak darajada shakllantirishimiz kerak, – dedi Sh.Giyasov.  

Davra suhbatida soha xodimining kasbiy faoliyatidagi ustuvor vazifalar, fuqarolar va keng jamoatchilik bilan ishlash mezonlari, tizim faoliyatini samarali tashkil etishda odob-axloq normalariga rioya etish, ayniqsa fuqarolar bilan munosabatda shaxsiy namuna ko‘rsatish borasida mulohazalar bildirildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech