Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ichki ishlar organi xodimlari uchun yangi veb-sahifasi yaratildi

07 Noyabr 2022, 06:11

1174

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jahon miqyosida kitoblarni elektron tarzda mutolaa qilishga bo‘lgan ehtiyoj yildan-yilga oshib borayapti. Bunga elektron adabiyotlarning har jihatdan qulayligi sabab bo‘lmoqda.

Yaqinda Ichki ishlar vazirligi akademiyasining IT mutaxassislari tomonidan kitoblar.akadmvd.uz veb-sahifasi yaratildi. Tizim xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan zamonaviy dastur bir qator afzalliklarga ega.

“Kitoblar.akadmvd.uz” besh sahifadan iborat. O‘zbek va jahon adabiyoti sahifalarida ichki ishlar organi xodimlari uchun tavsiya etilgan kitoblarni mutolaa qilish mumkin. Qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ushbu adabiyotlarni tinglash va QR-kod orqali ko‘chirib olish imkoniyati yaratilgan. Yana bir afzalligi shundaki, veb-sahifaga ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan adabiyotlar ham joylashtirilgan. Havolalar sahifasida esa ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar mahalliy va xalqaro ilmiy elektron kutubxonalar hamda ta’lim portallari xizmatlaridan foydalana oladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Kitoblar.akadmvd.uz” veb-sahifasi birinchi navbatda ortiqcha vaqtni tejaydi. Dastur yordamida istalgan foydalanuvchi zarur kitobni osongina topishi va qulay sharoitda mutolaa qilishi mumkin. Ayni jihatlardan kelib chiqib, dasturni yanada takomillashtirish ustida ishlar davom ettirilmoqda. Kelgusida huquqshunoslik sohasiga oid ilmiy tadqiqot va risolalarning elektron bazasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, eng faol kitobxonlarni monitoring qilib borish orqali elektron dastur imkoniyatlarini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.

Muxtasar qilib aytganda, yangi veb-sahifa ichki ishlar organlari xodimlari bilan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etishga, shaxsiy tarkibning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirishga xizmat qiladi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech