Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ichki ishlar organi xodimi OAV bilan qanday ishlashi kerak?

23 Aprel 2022, 09:04

1959

Akademiya magistraturasi tinglovchilari bilan o‘tkazilgan davra suhbati ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi. Tadbirda Ichki ishlar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi va matbuot kotibi, polkovnik Shohrux Giyasov hamda “Yoshlar” telekanali katta muharriri Nodirbek Shamsiddin ishtirok etdi.

Vazirlik Axborot xizmati rahbari ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik oldidagi hisobdorlik mas’uliyatini kuchaytirish, ayniqsa ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini mustahkamlash borasida samarali mexanizmlar tatbiq etilayotganini ta’kidladi.

Aytib o‘tilganidek, bugun jamiyat hayotida axborot siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymay turib, taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Ichki ishlar organlari tizimida ham ommaviy axborot vositalarining o‘rni tobora kuchayib bormoqda. Tezkor axborot makonida jamoatchilikni xolis va ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash, OAVlarida tarqatilgan xabarlarga nisbatan tezkorlik bilan munosabat bildirish faoliyatning muhim mezoniga aylandi.

Bunday sharoitda soha xodimlarining jurnalist va bloggerlar bilan muloqot qilish, axborot hujumlari, provokatsion va nizoli vaziyatlarda o‘zini boshqarish, turli toifadagi shaxslar bilan muloqotga kirishish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish tizim nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbirda so‘z olganlar “Ichki ishlar organlarining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini tashkil etishda yuzaga kelayotgan muammolar”, “Ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar”, “Axborot tarqatish usullari va xavfsizligi”, “Telekommunikatsiya tarmoqlari va internet tarmog‘ida sodir etilgan tuhmat yoki haqorat qilish uchun javobgarlik masalalari” mavzularida o‘z mulohazalarini bildirishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech