Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Guruch yig‘ish va sumo sportining nima bog‘liqligi bor? “Zakovat” intellektual o‘yinida yana qanday savollar o‘ynaldi?

16 Noyabr 2022, 03:11

1055

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari o‘rtasida “Yoshlar – Uchinchi Renessans drayverlari!” shiora ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligining Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan bellashuvda 25 ta jamoa g‘oliblik uchun bahslashdi.

Tadbir ochilishida so‘zga chiqqanlar yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kelajagimiz vorislarining bilim salohiyati va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ayniqsa iqtidor egalarining intilishini ro‘yobga chiqarishda bu kabi bellashuvlar muhim turtki bo‘lishini ta’kidlab o‘tdilar. 

Intellektual o‘yinda kursantlarga jami 24 ta savol yo‘llandi. Qizg‘in bahs-munozara va raqobat ostida o‘tgan bellashuv yakunida birinchi o‘rin 3-o‘quv kursining 6-otryad jamoasiga nasib etdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom hamda kitoblar jamlanmasidan iborat esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech