26–29 may kunlari Moskva shahrida ichki ishlar organlari va qurolli kuchlar tuzilmalari xodimlari o‘rtasida dzyudo bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Turnirda mezbonlardan tashqari, Armeniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari to‘rt guruhga bo‘lingan holda jamoaviy tarzda kurash olib bordi.
Terma jamoamiz tarkibidan 10 nafar sportchi, jumladan, IIV Akademiyasining Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi o‘qituvchisi, leytenant Dilshod Choriyev hamda Harbiy tayyorgarlik kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Sergey Petryanin o‘rin oldi.
Turnir yakunida 1-o‘rin Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi jamoasiga, 2-o‘rin Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoasiga va faxrli 3-o‘rin O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoasiga nasib qildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati