Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Buyuk siymoga avlodlar ehtiromi

12 Fevral 2022, 08:02

1704

Mumtoz adabiyotimizning atoqli vakili, davlat arbobi, benazir shoir, qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida yurt sog‘inchi ayricha o‘rin tutadi. Buyuk sarkardaning vatanparvarlik, bunyodkorlik va jasurlik singari fazilatlari bugungi avlod uchun yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Ayniqsa harbiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlar tarixda o‘chmas iz qoldirgan bobolarimiz hayoti va faoliyatini chuqur bilishlari, komillikka da’vat etuvchi amallaridan ibrat olishlari, ular qoldirgan boy adabiy merosni asrab-avaylashlari lozim. Adabiyot vakillari, boburshunos olimlar, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jamoasi ishtirokida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy kecha Zahiriddin Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlandi.

E’tirof etilganidek, buyuk ajdodimiz ilmiy merosini yosh avlod o‘rtasida keng targ‘ib etish ularni ona Vatanimizga muhabbat, tanlagan kasbiga sadoqat tuyg‘ulari bilan kamol toptirishga xizmat qiladi. Shoh va shoir asarlarida umubashariy g‘oyalar mohirona tarannum etilgan. Boburning serqirra faoliyati harbiy-siyosiy soha bilan chambarchas bog‘liq. O‘z yurtidan musofirlikda hayot kechirgan sarkarda ilm-fan, adabiyot, san’at, madaniyat homiysi sifatida ham tarixda o‘chmas iz qoldirdi va O‘rta asr Sharq madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.

Davra suhbatida Bobur asarlarining mazmun-mohiyati haqida dolzarb fikr-mulohazalar aytildi. Temuriy shahzoda hayotining sahna ko‘rinishi orqali namoyish etilgani barchaga manzur bo‘ldi.      

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech