Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Barchasi fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligi uchun

15 Oktyabr 2021, 05:10

2437

Yaqinlashib qolgan ulkan siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda.   

Bugun, 15-oktabrdan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi xodimlari va kursantlari poytaxtimiz tumanlarida jamoat tartibini saqlash tadbirlariga jalb etildi. Tadbiroldi o‘tkazilgan yo‘riqnomaviy yig‘ilishda xizmat intizomiga qat’iy amal qilish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar shaxsiy tarkib a’zolariga yetkazildi. 

Akademiya Tashkiliy bo‘limidan olingan ma’lumotga ko‘ra, jamoat tartibini samarali ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Saylov jarayonida yurtimiz fuqarolari, xorijlik mehmonlar, xalqaro kuzatuvchilar va sayyohlarning xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, shaxsiy tarkibning hushyorligini oshirish, xizmatni qonuniylikka qat’iy amal qilgan holda olib borish, favqulodda va boshqa hodisalarning oldini olish, aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazish belgilangan.

Jamoat tartibini saqlash tadbirlari alohida ko‘rsatmaga qadar davom etadi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech