Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“AKSILKORRUPSIYA HAFTALIGI” DOIRASIDA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

09 Dekabr 2022, 06:12

973

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni hamda “Aksilkorrupsiya haftaligi” munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

“BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasini amalga oshirish mexanizmi: ikkinchi bosqich tahlili” mavzuidagi tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi.

Konferensiyani Akademiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Muzaffar Ziyodullayev ochib, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarini amaliyotga samarali tatbiq etish borasidagi ishlar, mazkur faoliyatda erishilgan natijalar hamda ustuvor vazifalar haqida to‘xtaldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Bosh prokuratura, Taraqqiyot strategiyasi markazi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, shuningdek bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etgan konferensiyada davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarga barham berish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda shakllantirishda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, tizimning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, amaldagi qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Soha mutaxassislarining dolzarb mavzudagi ma’ruzalari va fikr-mulohazalari asosida ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech