Test markazining maqsadi ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali test tizimi imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda kursant (tinglovchi)larning bilim, ko‘nikma va malakalarini xolis (obyektiv) va adolatli baholanishini ta’minlashdan iborat.
Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
markaz bazasidagi test topshiriqlarini davlat ta’lim standartlari talablariga mosligini nazorat qilib borish, ularning sifati oshirish hamda test topshiriqlari bazasini takomillashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
kunduzgi ta’lim, sirtqi ta’lim fakulteti va magistraturada tahsil olayotgan kursant va tinglovchilarning o‘qitilayotgan fanlardan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish;
kunduzgi ta’lim, sirtqi ta’lim fakulteti va magistraturaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar (abiturientlar)ning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish;
professor-o‘qituvchilarning test topshiriqlarini tayyorlash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasini shakillantirish uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilish va o‘tkazish;
test topshiriqlari sifatini ta’minlash maqsadida, ularni tuzish hamda markaz ba’zasiga joylashtirishda professor-o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
test sinovlarini belgilangan tartib va qoidalar asosida o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek, test topshiriqlari maxfiyligini saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.
ta’lim va o‘qitish sifatini, test sinovi, baholari va reyting ballarining xolisligini, ishonchliligi va adolatligini ta’minlash hamda tekshirishni tashkil etish;
o‘qishga qabul qilingan kursant va tinglovchilardan shaxsning individual psixologik o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazish;
kursantlarni mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha qobiliyatlarini aniqlash maqsadida psixologik test sinovlari o‘tkazish;
o‘tkazilgan test sinovlarini monitoringini amalga oshirish va tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish va boshqalar.