Diqqat! Sayt sinov rejimida

Magistratura

      Magistraturaning asosiy maqsadi – ichki ishlar organlarida boshqaruvga doir yuksak kasbiy mahorati, intellektual salohiyati va yuqori professional bilim darajasiga ega, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, faoliyatni tashkiliy-taktik va strategik jihatdan boshqarishga qodir rahbar kadrlarni tayyorlashdan iborat. 

     Akademiya magistraturasiga qabul jarayoni ichki ishlar organlari xodimlari orasidan nomzodlarni ochiq va xolisona tanlab olish orqali amalga oshiriladi. Magistraturaga qabul qilingan xodimlarga tinglovchi maqomi berilib, o‘qish muddati 1 (bir) yilni tashkil etadi. 

     Magistraturada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

II darajadagi “tashkiliy-taktik boshqaruv”;

I darajadagi “tashkiliy-strategik boshqaruv”. 

     Akademiyada magistratura dasturi bo‘yicha o‘qitish ichki ishlar organlarining rahbar kadrlarini tayyorlashga yo‘naltiriladi. 

     Magistraturada o‘quv jarayoni xizmatdan ajralgan holda kunduzgi ta’lim shaklida tashkil etilib, bitiruvchilarning kelgusida ichki ishlar organlarining har qanday sohaviy xizmatlarida universal rahbar sifatida ishlab ketishini ta’minlashga xizmat qiluvchi modulli o‘qitish tizimi asosida amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari rahbarlar tarkibining tegishli lavozimlarga tayinlanishi uchun xodimlar Akademiya magistraturasida o‘qishlari shart.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech