Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul boshlanmoqda

Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul boshlanmoqda

Joriy yilning 15-sentyabridan IIV Akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakultetining tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik yo‘nalishlariga hujjatlar qabul qilinadi. 

Talabgorlar quyidagilarni taqdim etishlari kerak:

1) ariza yoki bildirgi (bevosita va yuqori turuvchi rahbar rozilik bildirgan va uning imzosi bilan tasdiqlagan holda);

2) Akademiya boshlig‘i nomiga yozilgan yo‘llanma xat (yuqori turuvchi rahbar yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan imzolanib, talabgorning barcha hujjatlari ilova qilingan holda);

3) 2 dona 4x6 shakldagi rasm va pasport nusxasi;

4) qisqacha biografik ma’lumotnoma (tarjimai hol);

5) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning nusxasi;

6) ish joyidan xizmat tavsifnomasi (imzolangan va ma’lumot uchun muhri bilan tasdiqlangan holda);

7) ilmiy ishlar ro‘yxati (imzolangan va ma’lumot uchun muhri bilan tasdqilangan holda) va ularning nusxalari;

8) ilmiy rahbardan rozilik xati.

Hujjatlar https://phd.mininnovation.uz/ elektron manzili orqali 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

 

IIV Akademiyasining Oliy ta’limdan

keyingi ta’lim fakulteti

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech