Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘ZBEKISTONNING XORIJIY DAVLATLARDAGI ELCHILARI IIV AKADEMIYASI FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR

29 Dekabr 2021, 10:12

1428

Ta’lim muassasasi boshlig‘i Rustam Xatamov hamrohligida mehmonlar o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan yangilanishlarni ko‘zdan kechirishdi.

Tanishuv chog‘ida Akademiya faoliyati, o‘quv-tarbiya jarayoni, ilmiy-tadqiqot va xalqaro hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Diplomatik korpus vakillari Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Akademiya tarixi muzeyi, “Vatanparvarlik burchagi” bilan yaqindan tanishdilar. Jangovar-jismoniy tayyorgarlik kafedrasida yaratilgan shart-sharoitlar mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Shu yerda yoshlarni har tomonlama barkamol voyaga yetkazish, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan iqtidorlarni tarbiyalash, bu boradagi muhim ishlar yuzasidan fikr almashildi. 

Tadbir davomida mehmonlar e’tiborini o‘ziga jalb qilgan jihat bu – o‘quv tezkor-tergov guruhlari uchun maxsus jihozlangan avtobuslar bo‘ldi. Diplomatik korpus vakillari o‘qitishning interfaol yondashuvlarini ommalashtirish va mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shu kuni mehmonlarga Axborot-resurs markazi, ushbu maskandagi anjumanlar zali, elektron o‘quv zali, “Turon qoploni – Jaloliddin Manguberdi” va “Buyuk sohibqiron Amir Temur” sinfxonalari haqida ma’lumot berildi.

O‘zaro muloqot chog‘ida ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash dolzarb vazifa ekanligi ta’kidlanib, innovatsion ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini samarali davom ettirish, moddiy-texnik bazani yanada takomillashtirish va o‘zbekistonlik yoshlar uchun barcha imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech