Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Zamonaviy ta’lim va yoshlar

04 Oktyabr 2025, 02:10

58

IIV akademiyasida shu mavzuga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar va “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar qatnashdi.

Davra suhbatida globallashuv jarayonlarining ijobiy tomonlari, ta’lim tizimiga tatbiq qilinayotgan ilg‘or yondashuvlar, yurtimiz yoshlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, zamonaviy ta’limda pedagog va bilim oluvchi o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash omillari xususida so‘z bordi.

Hozirgi islohotlar davrida ichki ishlar organlarida yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotgani, keyingi yillarda “ta’lim klasteri” yaratilib, kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi yo‘lga qo‘yilgani, akademiyada o‘qiyotgan kursantlar kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallashda talabchan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

– Bugun zamon o‘zgaryapti, shunga mos yangi talablar paydo bo‘lmoqda. Ilgari mas’uliyat faqat pedagoglar zimmasida bo‘lsa, bugun ko‘proq yoshlar e’tibor markazida bo‘layapti. Chunki kuchli integratsiya jarayonlari yoshlardan yanada shijoatli bo‘lishni, o‘z ustida tinimsiz ishlashni, ilg‘or yutuqlarni o‘zlashtirishni talab etmoqda, – dedi magistraturaning Boshqaruv fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Tohir Mullajonov.

Tadbirda dual ta’limning o‘ziga xos jihatlari, imkoniyatlari, “kursant – ta’lim – amaliyot” tizimida o‘quv jarayonlarini yanada takomillashtirish masalalari haqida fikr almashldi. Yoshlarga zarur tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech