Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Zamonaviy rahbarlik va boshqaruv mahorati” o‘quv kursi boshlandi

08 May 2023, 07:05

787

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Zamonaviy rahbarlik va boshqaruv mahorati” mavzuyida o‘quv kursi bo‘lib o‘tmoqda.

IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari uchun tashkil qilingan mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’limning ilg‘or yondashuvlari asosida olib borilmoqda.

O‘quv kursining ilk kunida tinglovchilarga “Rahbarning boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish”, “Jamoada ishlash samaradorligini oshirish”, “Mediasavodxonlik (jurnalist va blogerlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari)”, “Rahbarning emotsional va sotsial intellekti”, “Stressga bardoshlilikni shakllantirish” mavzularida treninglar o‘tkazildi.    

Rejaga ko‘ra, o‘quv kursi 13-may kuniga qadar davom etib, magistrlarning boshqaruvchanlik ko‘nikma va fazilatlarini yuksaltirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Yakunda ulardan test sinovlarini qabul qilish belgilangan.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech