IIV akademiyasida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Siyosatshunos olim magistratura tinglovchilariga rahbarlikning zamonaviy qoidalari haqida ma’ruza qildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda mamlakatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, islohotlar davrining o‘ziga xos talablari, davlat organlari faoliyatining xalqchilligini oshirishda rahbar kadrlarning o‘rni xususida so‘z bordi.
Otabek Hasanov islohotlar samaradorligi ko‘p jihatdan rahbarlarga, ularning kasbiy salohiyati, professional kompetensiyalari va shaxsiy fazilatlariga bog‘liq ekanligini ta’kidlab, tinglovchilarga zarur tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida ichki ishlar organlarining zamonaviy boshliqlari qanday bo‘lishi kerakligi, boshqaruvning samarali usullari, tizimni aholiga yanada yaqinlashtiradigan mezonlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati