Yoshlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasi 2-o‘quv kursi kursantlari “Zakovat”da bellashdi.
Yoshlarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, bilim darajasi va inlellektual salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan bahsda 36 ta jamoa ishtirok etdi.
Intellektual o‘yin ikki bosqichda o‘tkazilib, har bir bosqichda jamoalarga 12 tadan savol yo‘llandi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv yakuniga ko‘ra, “Turon” jamoasi birinchi, “Diamond” jamoasi ikkinchi, “Espero” jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati