Yoshlar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 3-bosqich kursantlari “Zakovat” intellektual o‘yinida bellashdi.
Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yetuk bilim va salohiyatli kadrlarni tayyorlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda o‘ttizdan ortiq jamoa qatnashdi.
Huquq, adabiyot, tarix va boshqa yo‘nalishlarga oid savollar kursantlarning bilim tafakkuri, dunyoqarashi, mantiqiy fikrlashi, hozirjavobligini sinovdan o‘tkazdi. Qiziqarli o‘yin yakunida eng yuqori ko‘rsatchiklarni qayd etgan 3 ta jamoa saralab olinib, kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati