Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Zahiriddin Bobur – yuksak jasorat sohibi

15 Fevral 2022, 08:02

1266

Buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tarixda o‘chmas iz qoldirgan siymo. U harbiy faoliyatda yetuk davlat arbobi, muhoraba va jangu jadallarda zafar quchgan mohir sarkarda bo‘lgan.

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 121-sonli o‘rta umumta’lim maktabida shoh va shoir tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlangan vatanparvarlik mashg‘uloti o‘tkazildi. Ichki ishlar vazirligi akademiyasining Tillarni o‘rganish kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida Boburning hayoti va ijodi, shaxsiyati, ibratli fazilatlari xususida ko‘plab ma’lumotlar yetkazildi.

Zahiriddin Bobur davlat boshqaruvida yetuk siyosatdon, serqirra ijodkor, jasoratli va mard kishi bo‘lgani, go‘zal xulq-atvor sohibi sifatida ilm-fan va madaniyatga homiylik qilgani, nafis ash’orlari bilan o‘zidan boy meros qoldirgani ta’kidlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech