Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yangi qo‘llanma taqdimoti

22 Oktyabr 2026, 20:24

72

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Terrorologiya” o‘quv qo‘llanmasining taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan kursantlar hamda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti talabalari ishtirokida o‘tgan tadbirda yangi qo‘llanmaning dolzarb ahamiyati haqida so‘z bordi

Muallif, siyosiy fanlar doktori, professor Shuhrat G‘oyibnazarovning ta’kidlashicha, qo‘llanma keyingi yillarda olib borilgan ilmiy-amaliy izlanish va tahlillar samarasi o‘laroq dunyoga keldi. Unda terrorologiyaning fanlar tizimidagi o‘rni, “radikalizm”, “ekstremizm”, “terrorizm” tushunchalarining mohiyati, kelib chiqish va rivojlanish omillari, asl maqsadi va oqibatlari, ularga qarshi kurashish mexanizmlari yoritilgan.

Bundan tashqari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlari, milliy qonunchilik asoslari tahlil qilinib, xalqaro terrorizmning geografiyasi, turli mintaqalarda namoyon bo‘lish xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Taqdimotda qo‘llanmaning mazmuni, asosiy yo‘nalishlari va amaliy ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ta’lim oluvchilar, tadqiqotchilar, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar xodimlari, global masalalarga qiziquvchi kitobxonlar uchun foydali manba ekanligini inobat olgan holda kursantlarga yangi nashr tuhfa qilindi.

Aytish joizki, professor Shuhrat G‘oyibnazarov xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik va zamonaviy dunyodagi global muammolar bilan shug‘ullanib kelayotgan olim sanaladi. Uning qator kitoblari va ilmiy ishlari yurtimiz bilan birga, AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi jahonning yetakchi davlatlarida chop etilgan.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech