Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish har bir yigit-qizning burchidir!” mavzuida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Abadan Turdimuratova, bir guruh professor-o‘qituvchilar va kursantlar ishtirok etdi.
Ona Vatanni sevish, uning har qarichini ardoqlash, yurtga daxldorlik hissi bilash yashash har bir insonning ma’naviy qiyofasini namoyon etishi, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillarini yuksak vatanparvarlik ruhida kamol toptirish ustuvor vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Ma’rifiy kechada iqtidorli kursantlar Vatanni madh etuvchi she’riy chiqishlari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Badiiy havaskorlik jamoalarining haybiy-vatanparvarlik qo‘shiqlari tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati