Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi 1-sonli akademik litseyda ayni mavzudagi tadbir o‘tkazildi.
Bitiruvchi bosqich o‘quvchilari, vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi vakillari, akademiya “Targ‘ibotchilar” guruhi faollari ishtirok etgan tadbir yoshlar ma’naviyatiga bag‘ishlandi.
Tadbirda mafkurafiy tahdidlar xavfi tobora kuchayib borayotgani bois, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, bu boradagi ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini yanada oshirish dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlab o‘tildi. Katta hayot ostonasida turgan o‘quvchilar vaqt qadrini anglagan holda o‘qib-izlanishlari, ertangi kunimiz uchun munosib kadr bo‘lishlari kerakligi aytib o‘tildi.
Akademiya kursantlari ham so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar samarasida erishayotgan yutuqlari va kelajak maqsadlari haqida gapirdilar. Yangi O‘zbekistonda kamol topayotgan yoshlar yuksak bilim va dunyoqarashi, axloqiy fazilatlari bilan yurtimiz uchun hissa qo‘shishga tayyor turishi zarurligi e’tirof etildi.
Uchrashuv yakunida akademiyaga o‘qishga kirish tartibi haqida ma’lumot berilib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati