Keyingi kunlarda IIV akademiyasi kursantlari turli sport musoqabalarida qatnashib, yuqori natijalarga sazovor bo‘lishdi.
Xususan, 1-2-may kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida milliy kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida o‘tgan musobaqada M. Ilhomov (60 kg), A. Lutfulloyev (66 kg), O. Murodov (81 kg) ikkinchi, H. Matniyozov (73 kg) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
7-may kuni turdosh oliy ta’lim muassasalari kursantlari poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha bellashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 100 metr masofaga yugurishda Yo. Zoyirov ikkinchi, 400 metr masofaga yugurishda D. Ubaydullayev uchinchi, 3000 metr masofaga yugurishda M. Sadriddinov ikkinchi, shved estafetasida esa jamoamiz uchinchi o‘rinni egalladi. Umumjamoa hisobida vakillarimiz musobaqani uchinchi o‘rin bilan yakunlashdi.
10 may kuni poytaxtimiz “Men g‘olib” vatanparvarlik yugurish musobaqasiga mezbonlik qildi. “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tgan tadbirda 2 mingdan ortiq ishtirokchi qtnashdi. Musobaqa so‘nggida kursantlarimiz yakkalik va jamoaviy bahslarda sovrindorlar safidan joy olib, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati