Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yoshlarga yangi asar taqdim qilindi

5 Mart 2026, 19:30

60

IIV akademiyasida “Temur. Yuksalish va hukmronlik yo‘li” asarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mazkur asarni chop etish tashabbuskori bo‘lgan ijodiy guruh vakillari, ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirok etdi.

Amerikalik tarixchi olim Beatris Forbs Mens qalamiga mansub yangi kitobda Sohibqiron Amir Temurning siyosiy maydonga chiqishi, markazlashgan davlat barpo etish yo‘lidagi murakkab jarayonlar, harbiy yurishlarining strategik asoslari hamda temuriylar saltanatining keyingi taqdiri chuqur ilmiy tahlil asosida yoritilgan.

Tadbirda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi O. Sobitov, temurshunos olim Sh. Jo‘rayev va boshqalar so‘z olib, buyuk ajdodimiz tavalludining 690 yilligi munosabati nashrdan chiqarilgan asar Amir Temur shaxsiyati va temuriylar davrini chuqur o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tishdi. 

Taqdimotda asar muallifining ilmiy faoliyati, kitobni keng ommaga havola etishgacha bo‘lgan ijodiy jarayonlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir “Pir nashr” nashriyoti tomonidan tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi bilan davom etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech