Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yoshlar maroqli hordiq oldi

2 Sentyabr 2026, 00:44

38

IIV O‘quv-dala markazida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan akademiya kursantlari uchun konsert dasturi uyushtirildi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida yoshlarni birlashtirdi.

Konsert dasturida taniqli ijodkorlar va badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan ona Vatanimizni, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni, istiqlol shukuhini tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi. Asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy raqslarimiz namoyish qilindi. 

Shu kuni yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustaham qaror toptirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli sport bellashuvlari ham tashkil etildi. Bayram munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar yoshlarga ko‘tarinki ruh va kayfiyat bag‘ishlashi bilan birga, yangi o‘quv yili oldidan munosib tuhfa bo‘ldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech