Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yosh kadrlar faoliyati o‘rganildi

25 Mart 2026, 16:41

64

Ma’lumki, ta’lim sifatini oshirish maqsadida IIV akademiyasining ixtisoslik va yuridik kafedralari joylardagi ichki ishlar organlariga biriktirilgan edi.

Mazkur yondashuv ta’limni amaliyot bilan uzviy holda tashkil etish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, amaliyot organlariga uslubiy yordam ko‘rsatishda samarali tizim bo‘lmoqda.

Jinoyat-protsessual huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Samarqand viloyati ichki ishlar organlarida olib borilgan manzilli o‘rganishlar ana shu maqsadga qaratildi.

O‘rganishlar davomida akademiyani so‘nggi uch yil mobaynida tamomlagan kadrlarning xizmat faoliyati, kasbiy kompetensiyalari, muammo va kamchiliklari tahlil qilindi. Sohaviy xizmatlar rahbarlari, murabbiylar va yosh xodimlar o‘rtasida anketa so‘rovlari o‘tkazilib, ularning fikrlari o‘rganildi. Tahlillar natijasi asosida yoshlarga zarur amaliy tavsiya va maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, kafedra vakillari vazirlik akademik litseyida ham bo‘lishdi. O‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’lim jarayonlari, yoshlarning maqsad va qiziqishlari haqida fikr almashildi. Yoshlarni kasbiy yo‘naltirishda huquqshunoslik va kasbiy fanlarni o‘qitishni chuqurlashtirish, mashg‘ulotlarni zamonaviy metodlar yordamida o‘tkazish, iqtidorli yoshlar bilan individual ishlash, vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchilar akademiyaga kirish imtihonlari, ixtisoslik yo‘nalishlari, kursantlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech