Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida qanday o‘zgarishlar kutilyapti?

19 Dekabr 2023, 02:12

770

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i akademiya magistrlari bilan uchrashdi.

Davra suhbatida avtomobil yo‘llarida inson va harakat xavfsizligi ta’minlash, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriq etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi. YHXX boshlig‘i, polkovnik Olim Saidovning aytishicha, so‘nggi yillarda sohaning tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Tizim mutasaddisi ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, mavjud muammolarga ham e’tibor qaratdi. Xususan, yo‘l-transport hodisalari salmog‘ining yuqoriligicha qolayotgani, ayniqsa harakat ishtirokchilarining madaniyatini oshirish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishini ta’minlash, sohadagi huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar kulgusida yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

Muloqot chog‘ida tinglovchilar ham so‘z olib, dolzarb masala yuzasidan o‘z mulohaza va takliflarini bildirdilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech