Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yetakchi kursantlarni tashabbuskorlikka undadi

19 Mart 2026, 20:51

93

Ichki ishlar organlari tizimida yoshlar qatlami salmoqli o‘rinni egallaydi. Vatan va xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qilayotgan yosh kadrlarning g‘ayrat-shijoati sohaning faoliyat samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

IIV akademiyasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil qilingan uchrashuv kursantlarga ulkan motivatsiya berdi. Tadbirda asosiy e’tibor yoshlar muammolarini tinglash, ularning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidor va salohiyatini rag‘batlantirishga qaratildi.

Muloqotda vazirlikning Yoshlar yetakchilari kengashi raisi, katta leytenant Shahzod Abdukarimov so‘z olib, tizimda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlarga to‘xtaldi. Prezidentimizning ezgu tashabbusidan so‘ng yoshlar bilan manzilli ishlash yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlab, kursantlarni yanada tashabbuskor bo‘lishga undadi.

Uchrashuvda kursantlar mamlakatimizda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlarga yuksak daxldor va xayrixoh ekanliklarini bildirib, a’lo baholarga o‘qishga, kelgusida yuqori malakali kadr sifatida tizim ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga, mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishga va’da berdilar.

Shu kuni bir guruh yoshlar uchun Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda O‘zbek milliy akademik drama teatriga ma’naviyat marshruti uyushtirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech