IIV akademiyasida “Jadidlar – millat fidoyilari” ko‘rik-tanlovining ta’lim muassasasi bosqichi o‘tkazildi.
Ma’rifatparvar bobolarimizning faoliyatini o‘rganish va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov 3 ta shartdan iborat bo‘ldi.
Qiziqarli o‘tgan tadbir yakunida 3-o‘quv kursining “Uyg‘onish” jamoasi 1-o‘rinni egallab, ko‘rik-tanlovning turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
* * *
Akademiya sport majmuasida milliy kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Boshliq kubogi uchun tashkil etilgan bellashuvda kursantlar oltita vazn bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish qildilar. Murosasiz bahslar yakunida Muhammadali Ilhomov (60 kg), Hindolbek Matniyozov (66 kg), Xolbek Turabekov (73 kg), Ozodbek Murodov (81 kg), Ozodbek Ashurov (90 kg), Shohjahon Xudoynazarovlar (+90 kg) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
* * *
“Kiberjinoyatlar va ulardan himoyalanish” mavzuida o‘tkazilgan tadbir kursantlarning sohaga oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda kiberjinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularni aniqlash va isbotlash usullari, ulardan himoyalanish haqida tushuncha berildi. Kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassisidan javob oldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati