Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

6 Aprel 2026, 15:31

89

IIV akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida IIVning Toshkent viloyatidagi akademik litseyida ta’lim olayotgan iqtidorli o‘quvchilar o‘quv jarayonlari, yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishib, “Hayot akademiyasi” filmini tomosha qilishdi.

* * *

IIV akademiyasi magistraturasida amaliyotdagi tajribali rahbarlar tomonidan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

“Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishning dolzarb yo‘nalishlari” va “Mustaqillik yillari respublikamiz hududida sodir qilingan terrorchilik harakatlari: sabab va oqibatlar” mavzularida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarni IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i o‘rinbosari M. Miralimov hamda Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi sikl boshlig‘i V. Klementev o‘tkazdi.

* * *

IIV akademiyasi sport majmuasida armlestling bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarni jismonan chiniqtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida uyushtirilgan bellashuvlar yakunida kursantlardan J. Tillayev, E. Ahadov, M. Sa’dullayev sovrinli o‘rinlarni egalladi.

* * *

IIVning Toshkent viloyatidagi akademik litseyida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Iste’fodagi general-mayor Tohir Mullajonov o‘quvchilar bilan uchrashib, ichki ishlar organlari tizimining sharafli faoliyati misolida yoshlarni vatanparvar va kasbga sadoqatli bo‘lishga undadi.

Shuningdek maskanda akademiya katta o‘qituvchisi I. Haydarov tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning xatarli oqibatlari amaliy misollar yordamida o‘quvchilarga tushuntirib o‘tildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech