Vatan himoyachilari bayrami munosabati bilan IIV akademiyasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Yoshlarning jangovar shayligi va jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda kursantlar armrestling, yengil atletika, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha bellashdilar.
Kurashlarga boy o‘tgan o‘tgan musobaqa yakunida har bir yo‘nalishda sovrindorlar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
* * *
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentida “Milliy armiya – ona Vatan qalqoni, tinchligimiz posboni!” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda IIV akademiyasining Harbiy tayyorgarlik kafedrasi vakillari so‘zga chiqib, Qurolli Kuchlarimizning bugungi zamonaviy qiyofasi, sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, bundan ko‘zlangan strategik maqsad va vazifalar, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda ichki ishlar organlari xodimlarining o‘rniga to‘xtaldi.
* * *
IIV akademiyasi tashabbusi bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida vatanparvarlikni targ‘ib qiluvchi tadbir o‘tkazildi.
Sharafli kasb sohiblari hamda yosh avlod vakillari o‘rtasida kechgan muloqotda Vatan tuyg‘usi, tinchlik va osoyishtalikning naqadar ulug‘ ne’mat ekanligi, yurtga daxldorlik hissi bilash yashasht saodati, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalish va maqsadlari haqida so‘z bordi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati