Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangi O‘zbekistonni barpo etishning mustahkam huquqiy asosi

07 Dekabr 2023, 07:12

625

IIV Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tizim xodimlari, professor-o‘qituvchilar, magistratura tinglovchilari ishtirok etgan tadbir davlat madhiyamiz ijrosi bilan boshlandi.

Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va hayotimizdagi beqiyos ahamiyati e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, asosiy qonunimizda O‘zbekistonning suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilandi. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar yanada mustahkamlandi. Ya’ni insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi ekanligi, davlat tomonidan inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari hamda erkinliklari ta’minlanishi qayd etildi. O‘z navbatida, inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilab qo‘yildi.

Shu ma’noda, yangi tahrirdagi Konstitutsiya ijrosini to‘liq ta’minlash barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, ichki ishlar organlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir yakunida Bosh qomusimizning hayotbaxsh qudratini tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech